Kassa apparatlari va onlayn-to‘lovlar hisobini yuritishda tartib o‘rnatish

Muammo:
24 ta filialga ega bo‘lgan mijozda terminallar, Click va Payme’dan barcha operatsiyalar bitta hisobda amalga oshirilgan, bu esa xatolarni aniqlash imkonini bermagan va yuqori soliq xavfini yuzaga keltirgan.
Yechim:
Biz har bir filial va terminal uchun alohida hisobvaraqlarga ega bo‘lgan yangi hisob tizimini ishlab chiqdik va joriy etdik. 7 oyda barcha tarixiy xatolarni ham to‘g‘irladik.
Natija:
Har qanday tafovutni bir zumda aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi mutlaqo shaffof tizim yaratildi. Kompaniya uchun soliq xavfi minimallashtirildi.